Firma style – nima bu va nima uchun kerak ?

Brendlar odamlarga o‘xshashi kerak — ularning o‘zini xarakteri, ovozi va albatta tashqi ko‘rinishi bo‘lishi shart. Agar brendda bular bo‘lmasa, u ko‘zga ko‘rinmas, yuzsiz bo‘lib qoladi, natijada esa auditoriya brendni tanimay qoladi va mahsulot o‘nlab yoki yuzlab raqobatchilar orasida yo‘qolib ketadi.

Har bir rivojlangan brendning muhim qismi, uning “yuzi” — bu firma uslubi. Firma uslubi brendni oson tanib olishga yordam beradi: rang, tovush, shriftlar va logotip orqali. 

Masalan, qizil fondagi oq to‘lqinsimon chiziq sizga albatta Coca-cola’ni eslatadi, futbolkadagi “galochka” esa xayolingizda Nike brendini gavdalaydi.

Sizning firma uslubingiz qanchalik mantiqan to‘g‘ri va professional tarzda ishlangan bo‘lsa, sizni tanish va eslab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, reklamada kamroq xarajat qilishda yordam beradi, axir sizni tanib olish oson, shunday ekan xaridor ham sizni tez-tez tanlab turadi.

Bundan tashqari, tushunarli va chiroyli firma uslubi mijozda ishonch hissini uyg‘otadi — iste’molchi ortiqcha o‘ylashni xohlamaydi, shuning uchun uning miyasi avtomatik tarzda o‘ziga tushunarli va tanish bo‘lgan narsalarni tanlab boraveradi. Bu rostan ham ish bergani tufayli, katta brendlarning doim “klonlari” bo‘ladi. Bunday klonlar katta brendning firma uslubini kopiya qilib, mijozlarning ishonchidan ozgina bo‘lsa ham foydalanib olishga urinishadi.

Firma uslubi endi o‘sayotgan brendga ham, allaqachon yaralib, hozirda kengayib borayotgan yirik brendga ham birdek kerak bo‘ladi.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Back To Top
Theme Mode