Vazifa: bozorga yangi chiqariladigan vafli mahsuloti uchun jarangdor nom topish
Topilgan nom: Granum
Nomga izoh: «Granum» soʻzi aslida lotin tilida «don», «urugʻ», «zarra» degan maʼnolarni anglatadi. Buning topilgan nomga qanday aloqasi bor? Qizigʻi, hech qanday.
Biz chuqur maʼnoga ega yoki birdaniga bir qancha maʼnolarni tashuvchi original nom topishimiz mumkin edi, ammo mijoz uchun nomning maʼnosidan koʻra, uning ohangi, talaffuzda baralla eshitilishi muhim edi. Shu bois bu holatda mazmunga emas, jarangdorlikka urgʻu qaratdik.