Aminomaks

Aminomaks

Aminomaks qadoq dizayni zamonaviy estetika va funksionallikni uyg‘unlashtiradi, mahsulotning professionalligi va ishonchliligini aks ettiradi. Yakuniy natija yuqori sifat standartlarini ta'kidlaydi va iste'molchilar e'tiborini tortadi.

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Oldimizda vitaminlar kompleksi uchun qadoq dizayni yaratish vazifasi turgandi. U raqobatchilar orasida farqlanib turishi, ammo shu bilan birga kattalar auditoriyasi uchun mos keladigan jiddiy uslubni saqlab qolishi muhim edi.

2. Tahlil

Biz bozor holatini o‘rganib, aniqladikki, vitaminlar kompleksi ishlab chiqaruvchilarining 80% dan ko‘prog‘i qadoq dizaynida yorqin, to‘yingan ranglardan foydalanishadi. Biroq bizning mahsulotning o‘ziga xosligi va maqsadli auditoriyaning bolalar uchun emas, kattalar uchun ekanini inobatga olib, biz ushbu tendensiyasi o‘zimizga moslashtirishga qaror qildik.

3. Yechim

Yechim sifatida biz akvarel tuslarni tanladik. Neyromarketing tadqiqotlariga ko‘ra, akvarel ranglar terapevtik ranglar hisoblanadi, ya’ni xavotir hissini 15–20% ga kamaytiradi. Bunday ranglar xaridorda xotirjamlik va mahsulotga bo‘lgan ishonch hissini beradi.

Yana boshqa tadqiqotlar ko‘rsatishicha, inson ko‘zi mayin ranglardagi tasvirni 12% ga tezroq idrok qiladi, bu esa mahsulotni yanada ko‘zga tashlanadigan bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Undan tashqari, aynan gradiyentli qadoqlar bir tusli qadoqlardan ko‘ra 30% ga ko‘proq e’tiborni tortadi. Bu o‘z navbatida mahsulot rastalarda ajralib turishiga sabab bo‘ladi.

Natija

Biz mukammal muvozanatni topa oldik: yangi qadoq, bir tarafdan boy vitaminlar kompleksini ifodalagan holda rang-baranglikni saqlab qoldi, boshqa tarafdan akvarel tuslar tufayli dizayn vazmin va jiddiy ko‘rinishga ega bo‘ldi. Mijozimiz aynan shunday narsani kutgan edi. Ishonchimiz komilki, bu dizaynga ega yangi mahsulot tez orada dorixonalar rastalaridan munosib o‘rin egallaydi.