Brandbook «O’zbekiston Paxta-To’qimachilik Klasterlar Uyushmasi»

ClientO'zbekiston Paxta-To'qimachilik Klasterlar Uyushmasi
Website

Project Title

Paxta-to’qimachilik klastyerlari faoliyatini hamda ular tomonidan loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari va tashki lotlari hamda xo’jalik birlashmalari bilan o’zaro samarali hamkorlikni tashkil etish;

Paxta-to’qimachilik klastyerlarini hududlarning salohiyati yanada rivojlanishi istiqbollaridan, xomashyo bazasi, mavjud infratuzilma, mehnat resurslari va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda joylashtirishga ko’maklashish;

Paxta xomashyosini yetishtirish jarayoniga ilg’or agrotexnologiyalar hamda resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, paxta-to’qimachilik klastyerlari bilan fermer xo’jaliklari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning shaffof mexanizmini yaratish;

Yuqori qo’shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish, paxta-to’qimachilik klastyerlari faoliyatini kengaytirish hamda mazkur jarayonlarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish; paxta-to’qimachilik klastyerlari faoliyatini rivojlantirish uchun unifikatsiyalangan imtiyoz va preferensiyalar qo’llash bo’yicha takliflar ishlab chiqish;