Just – Yorqin va minimalistik vafli brendi

Just – Yorqin va minimalistik vafli brendi

Qora fon va rang-barang aksentlar Just brendini do‘konda darhol ajratib turadi.

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Vafli bozorida raqobatchilar koʻp. Mehmondoʻst oʻzbek xalqi va isteʼmolchilarimiz uchun tushunarli va oddiy mahsulot kerak. Bizga yorqin dizayn, ammo ortiqcha detallarga ega boʻlmagan vafli qadogʻini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Mahsulot raqobatchilardan ajralib turishi va turli toifadagi insonlarga maʼqul kelishi muhim edi.

2. Tadqiqot

Biz bozor va isteʼmolchilarni oʻrgandik. Odamlar koʻproq tushunarli dizaynga ega mahsulotlar tanlashini aniqladik. Raqobatchilar esa yoki oʻta murakkab, yoki zerikarli dizaynlardan foydalanishar ekan. Hozir minimalizm va tabiiy masalliqlar koʻrsatilgan dizaynlar trendda

3. Yechim

Mahsulot lineykasi uchun biz “Just” nomini taklif qildik. U qisqa va tushunarli, oddiylik gʻoyasini ifodalaydi. Dizayn qora fonda boʻldi, uni turli yorqin aksentlar bilan boyitdik. Qadoqda vafli va taʼmlarni bildiruvchi masalliqlarning haqiqiy tasvirlarini koʻrsatib berdik. Umumiy hisobda mahsulotning 8 xil taʼmi bor. Qadoq ixcham va tamaddi qilib olish uchun qulay hajmda.

Natija

Just brendi ishga tushishga tayyor va maqsadli auditoriya soʻrovlariga toʻliq javob beradi. Uning yorqin va sodda dizayni darhol eʼtibor tortadi va esda qoladi. Nom va dizayndagi minimalizm xaridorlarga maʼqul keladigan zamonaviy va tushunarli obrazni hosil qiladi. Natijada Oʻzbekiston bozoriga dadil kirib borish potensialiga ega mahsulot tayyor boʻldi.