Marsio – O‘zbekistonda kosmik glazurli pechenye dizayni
1. Vazifa
Bolaligmizda koʻpchiligimiz kosmonavt boʻlishni orzu qilardik — bu yangi ufqlarni zabt etish timsoli edi. Hozirgi bolalar Ilon Maskdan ilhomlanishadi — u insoniyatni Marsga uchirishni maqsad qilgan tadbirkor. Sendvich pechenyelari uchun mana shu ikki avlodni birlashtirib turadigan brending ishlab chiqish vazifasi bizga ishonib topshirildi.
2. Tadqiqot
Bozor tadqiqoti shuni koʻrsatdiki, isteʼmolchilar sodda va tushunarli yechimlarni qabul qiladilar. Kosmonavtika va texnologiyalar oʻtmish haqida ham, kelajak haqida ham ijobiy tasavvurlar uygʻotadigan kuchli timsollar hisoblanadi. Sendvich pechenyelari bozori odatiy va siyqasi chiqqan obrazlarga toʻla, ular koʻplab takliflar orasida ajralib turmaydi va isteʼmolchi bilan emotsional aloqa oʻrnatmaydi.
3. Yechim
Mahsulot uchun biz “Marsio” nomini tanladik — u kosmos va Ilon Mask rejalariga aloqador “Mars” sayyorasi nomidan olingan. Dizayn konsepsiyasi ham kosmos mavzusi atrofida tuzildi: toʻq koʻk fon, yulduzli fazo, atronavtlar orzu va taraqqiyot muhitini yaratmoqda. Yirik va oʻqilishi oson logotip mahsulotning zamonaviy ekanini koʻrsatadi va ajralib turishini taʼminlaydi. Sendvich pechenyelarning ishtahaochar tasviri esa mahsulotni yanada jozibali qiladi. Shu bilan birga, yengil tamaddi qilib olish uchun 2 ta va 4 ta pechenye solingan qadoqlar ishlab chiqildi.
Natija
Avlodlarni birlashtiradigan dizayn hosil boʻldi — yoshlardan tortib katta avlodgacha, fazo haqida orzu qiladiganlardan tortib yangi texnologiyalar ixlosmandlarigacha. Neyming va dizaynning noodatiy konsepsiyasi isteʼmolchi bilan hissiy aloqa oʻrnatadi hamda bozorga muvaffaqiyatli kirib borish uchun asos boʻladi.