Morella – muzqaymoq uchun appetit uygʻotuvchi premium qadoqlash dizayni

Morella – muzqaymoq uchun appetit uygʻotuvchi premium qadoqlash dizayni

Brendni yangi darajaga chiqishga yordam berganimiz haqida

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Statistikaga koʻra, odamlar 80% holatda maʼlumotni vizual jihatdan, yaʼni koʻrib qabul qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa muzqaymoq haqida gap ketganda bu yaqqol koʻrinadi. Xaridorlar mahsulot qadogʻini tomosha qilishni, mayda detallariga ahamiyat berishni, solishtirishni yaxshi koʻrishadi, undan keyingina xarid qilishga qaror qabul qilishadi.

Morella brendi Toshkent shahrida muzqaymoq shinavandalari uchun yaxshi tanish. Ammo kompaniya butun Oʻzbekiston bozoriga chiqishni maqsad qilgandi.

Bizga ikkita mahsulot uchun yangi qadoq dizayni ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi: bodomli oq shokolad qoplamali kokosli muzqaymoq hamda bodomli sutli shokolad qoplamali vanilli muzqaymoq uchun. Xaridor ularning taʼmini bilmasdan turib tatib koʻrgisi keladigan boʻlishi kerak edi.

2. Tadqiqot

Biz isteʼmolchilar xatti-harakatlarini oʻrgandik:
• Muzqaymoq tanlovi ilk 3–5 soniyada amalga oshadi — uning qadogʻi bir zumda ishtahani ochadigan boʻlishi kerak.
• Shokolad teksturasi, yongʻoqlarning koʻrinib turgan boʻlaklari, tabiiylik va yangilikni bildiradigan yorqin aksentlar eng koʻp hissiyot beradigan jihatlardir.

3. Yechim

Biz tom maʼnoda sotuvchi oʻrniga ishlaydigan dizayn ishlab chiqdik:
• Ishtahaochar shokolad va bodom teksturasi bilan realistik 3D-modellar.
• Tanlashni oson qilish maqsadida turli taʼmlarga turli fon: kokosli muzqaymoq uchun yorqin fon, sutli shokolad uchun och jigarrang tanladik.
• Tabiiy obyektlar — bodom, shokolad va kokos boʻlaklari — bular mahsulotga boʻlgan ishonchni oshiradi.
• Logotip va shriftlar yaxlitlik va premium sifatni ifodalash uchun yagona uslubda ishlab chiqildi.

Natija

Yangi dizayndagi mahsulotlar bozor tomonidan juda yaxshi qabul qilindi. Qadoq dizayni kuchli emotsional trigger sifatida ish berdi, natijada sotuvlar geometrik progressiyada oʻsishni boshladi. Morella brendi kuchliroq va jozibaliroq koʻrinishga ega boʻldi, sifatli 3D-vizualizatsiyalar tufayli esa chakana savdoda ham, reklamada ham oʻzini yaqqol koʻrsata olyapti.