Tibet – Premium mineral suv brendi O‘zbekistonda

Tibet – Premium mineral suv brendi O‘zbekistonda

Kristalli tomchi va muzli fonli minimalist dizayn suvning tabiiy tozaligini ta’kidlaydi.

  • Qadoq dizayni
  • Neyming
  • Logotip

1. Vazifa

Mijoz bizga mineral suvlar yangi brendini ishga tushirish maqsadida murojaat qildi. Mahsulot 30 dan ziyod brend taqdim etilgan Oʻzbekiston bozoriga chiqishi koʻzda tutilgandi.

2. Tadqiqot

Biz Oʻzbekistondagi isteʼmolchilar xatti-harakatlari va mineral suv bozorini batafsil tahlil qildik.

3. Olgan asosiy insaytlarimiz:

• Xaridorlarning 72 foizi qadoqning vizual tozaligi va shaffofligiga qarab suv sifatiga baho berishadi.
• Isteʼmolchilarning 80% dan koʻprogʻi koʻproq hajmda suv sotib olayotganda (3–10 litr) baklashka shaklining qulayligi va mustahkamligini qayta xarid qilish uchun eng asosiy omil deb koʻrsatishdi.
• Istyemolchi doʻkonda suv tanlashga 3–5 soniyadan ortiq vaqt sarflamaydi.
• Suv turlarini vizual farqlash rastalarda suv tanlash tezligini 35% ga oshiradi.

4. Yechim

Brend uchun “Tibet” nomi tanlandi. Negaki Tibet togʻlari suvlari tozaligi, mineral tarkibi va tabiiy xususiyatlariga koʻra dunyodagi eng yuqori sifatli suv deb hisoblanadi. 

Dizaynning asosiy konsepsiyasi — togʻlar uzra oq muz gʻoridagi kristall tomchi. U suvning tozaligi va tabiiyligiga ishora qiladi.

5. Yechim

• Turli hajmdagi ergonomik baklashkalar ishlab chiqdik.
• Baklashkalarning 3D modellari ushlashga qulay, tekiz yuzada turganda turgʻun hamda mustahkam qilib ishlandi.
• Suv turlarini tezda farqlash uchun qopqoq rangini ikki xil qildik: gazli suv uchun qizil va gazsiz uchun — koʻk.
• Etiketka shaffof qilib ishlangani esa mahsulotning sofligi va premium sifatini koʻrsatib berdi.

Natija

Mijozimiz qadoq konsepsiyasini yuqori baholadi. Mahsulot bozorga chiqishga tayyorlanish bosqichidayoq distribyutor va reteylerlardan ijobiy fikrlar oldi. Isteʼmolchilar kutuvlariga aniq mos kelishi tufayli “Tibet” brendi dadillik bilan sohada oʻz oʻrnini egallashni boshladi va boshidanoq xaridorlarda sifatli va ishonchli mahsulot degan fikr uygʻotdi.

Bundayn dizayn brendga osonlik va ishonch bilan blogerlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama qilish strategiyasini olib borishga imkon beradi. Chunki u reklamada noqulaylik hissi yoki shubha uygʻotmaydi. Shu bois auditoriya bilan muloqot jonli va samimiy kechadi.