Velux: suyuq sovunlar uchun qadoq dizayni

Velux: suyuq sovunlar uchun qadoq dizayni

Velux – Mazali ko‘rinishga ega suyuq sovun dizayni

  • Qadoq dizayni

1. Vazifa

Tajribamizdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, ko‘pincha mijozlar aniq vazifa berishga qiynalishadi. Ammo biz nimani xohlashayotganini aniqlashna va shunga yarasha natija berishga imkon qadar harakat qilamiz.

Bu safar suyuq sovunlar uchun rastalarda yaqqol ajralib turadigan, zamonaviy dizayn talablariga javob beradigan qadoq konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi bizga ishonib topshirildi.

2. Tadqiqot

2024–2025-yildagi jahon trendlari nima deyapti? Vizual gastronomiya endi taomlar bilangina cheklanib qolmayapti. Odamlar kosmetikani ham, o‘yinchoqlarni ham, maishiy kimyo vositalarini ham ko‘zlari bilan “yeyishyapti” go‘yo. Ularga hatto mahsulot oziq-ovqat bo‘lmsa ham, ishtahani ochadigan bo‘lishi qiziq tuyulyapti.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, iste’molchilar 75% holatda qadoqqa qarab mahsulotni sotib olish yoki olmaslikka qaror qilishadi. Agar dizayn arzon mahsulot ko‘rinishini bersa, 60% holatlarda uni sotib olishmas ekan.

3. Yechim

Suyuq sovun mahsulotlari uchun dizayn konsepsiyasini ishlab chiqishda bir g‘oyani ilgari surdik: ko‘rgan odam uni yeb qo‘ygisi kelsa, qanday bo‘ladi? Odatiy steril upakovkadan yangicha yondashuv bilan dizayn qilsak-chi?

— Qanday mazali!
— To‘xta, axir bu sovun-ku!

Natijada mana shunday hissiyotlarni chaqiradigan yorqin dizayn ishlab chiqdik. Sovuning har bir turi: mango, olcha, olma, qorag‘at iforli turlarini xuddi haqiqiydek ko‘rsatdik. Idish qopqog‘ining rangini ifor rangiga moslashtirdik.

Natija

Hosil bo‘lgan dizayn bilan mahsulot tez orada sotuvga chiqsa, do‘kon rastalarida yaqqol ajralib turadi — birdan diqqatni tortadi, sotib olishga ishtiyoq uyg‘otadi va hatto ishtahani ham ochadi.