Korovella — xalqimizga yaxshi tanish “Yubileynoye” pechenyesi uslubida ishlab chiqariladigan tabiiy sutli pechenye hisoblanadi.

Mahsulotning barcha afzalliklarini yetkazib berish uchun biz “Korovella” nomida to‘xtadik, negaki bu nom pechenyeda sut borligini yaqqol namoyish eta oladi.

Pechenye nomini biz nafaqat idishlarga, balki mahsulotning o‘ziga ham joylashtirdik. Buning uchun biz pechenyening realistik 3D-modelini ishlab chiqdik, va aynan shu model asosida mijozimiz pechenyelari uchun qolip ishlab chiqarishi mumkin.

Neyming tipografikasi ham o‘ziga xos — retro uslubda ishlangan.

Pechenye idishi kilolab sotishga mo‘ljallanganligi sababli, uning dizayni oddiy qadoqdan biroz farq qilar edi.

Korobkaga brend ranglarini berib, uni maxsus pattern bilan bezadik. Keyinchalik xuddi shu uslubda kichikroq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri mijoz qo‘liga tushadigan qadoqni ishlab chiqish rejalari bor.

Ammo hozir mahsulot iste’molchiga umuman qadoqsiz yetib borishini inobatga olsak, pechenyening o‘zida ham brend aydentikasi mavjud bo‘lishi juda muhim rol o‘ynaydi, negaki busiz mijoz shunchaki qaysi brendni tatib ko‘rganini bila olmasligi mumkin.

Next Project

Back To Top
Theme Mode