potto

Potto — qulay hajmlar assortimentiga ega mahalliy taglik ishlab chiqaruvchisi. Brend oldimizga raqobatbardosh va mahsulotning afzalliklarini yaqqol namoyon eta oladigan aydentika ishlab chiqish uchun kelgan edi.


Bozorni, iste’molchilarni va kontekstni o‘rganib bizga bolakaylar uchun mos, va mahsulotimiz qulaylikarini ko‘rsatishda asqotadigan qahramon kerakligini tushunib yetdik.


Mahsulot neymingi esa bolalarcha quvnoq, esda qolarli va O‘zbekistonning barcha aholisi uchun oson talaffuz qilinadigan bo‘lishi kerak edi.


Natijada, biz Potto neymingi vazifalarimizni mukammal bajarishiga ishonch hosil qildik, axir u bir vaqtning o‘zida ham bizning qahramon — doimo Potto tagliklarida yuradigan begemotga ham ishora qilar edi.


Mahsulotning umumiy vizual stilistikasi bolalar uchun do‘stona shaklda, komplimentar, pastel ranglarda ishlangan bo‘lib, u bolalar auditoriyasiga yoqimli va sokin ta’sir o‘tkazadi.


Qahramonning qadoqdagi holati ham muhim rol o‘ynaydi, negaki u aynan qanday ko‘rinishda yotishi turli yoshdagi bolakaylarning xatti-harakatiga ishora qiladi — qaysidir hollarda qahramon shunchaki yotadi, boshqa joy emaklasa, yana bir qadoqda deyarli oyoqlarida tikka turadi.


Vizual bilan qilingan barcha ish faqat qo‘lda amalga oshirilgan, negaki bizga natija iloji boricha original, o‘ziga xos va betakror chiqish juda muhim edi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode