Родная деревня

Vazifa

Mashhur mahalliy supermarketlar tarmog‘ida sotuvga chiqishi uchun yarimdudlangan pishloqlarning yangi lineykasi uchun qadoq dizayni yaratish. Qadoq supermarketlarning yuqori standartlariga javob berishi va xaridorlar e’tiborini tortishi muhim.

 

Tadqiqot

Biz pishloqlar bozorini batafsil tahlil qilib, mavjud mahsulot va qadoqlarni o‘rganib chiqdik. Mijozimizda pishloq Sobiq Ittifoq davridan amal qiladigan GOSTning qat’iy talablariga ko‘ra ishlab chiqariladi, bu esa ko‘pchilik uchun sifat va ishonch timsoli hisoblanadi. Biz ishlab chiqarish hududini ham hisobga oldik — Jizzax viloyati o‘zining rivojlangan chorvachiligi, toza ob-havosi va tabiiy yaylovlari bilan tanilgan. Bu jihat mahsulot uchun nom va qadoqning vizual uslubini tanlashda asos qilib olindi.

Yechim

O‘rganishlar natijasida biz “Родная деревня” nomini taklif qildik, bu nom darhol iliqlik va Jizzaxning sof tabiatiga ishora qiladi. Qadoq dizayni yorqin va esda qolarli bo‘ldi: old planda qishloqning go‘zal qizi aks ettirildi, sharqona naqshlar esa tanish an’analarga sodiqlikni oshiradi, ishonch hissini beradi va samimiylikni bildiradi.

 

Natija

Tez orada “Родная деревня” eng mashhur supermarketlar tarmog‘i rastalaridan o‘rin oladi. Yangi qadoq esa nafaqat mijozlar e’tiborini tortadi, balki mahsulotga nisbatan ishonch uyg‘otadi va yuqori sifatni bildirib turadi.

Next Project

Ezo

Back To Top
Theme Mode