Rumiya

“Rumiya” pishlog‘i sutli, dudlangan va qaymoqli pishloqning eng sara turlaridan qilingan bo‘lib, premium-segmentdagi iste’molchilarga mo‘ljallangan.

 

Mahsulotning vizual kodi sharqona miniatyura stilistikasida ishlangan, uning asosiy qahramoni — buzoq haqida qayg‘urayotgan qiz.

 

Bu obrazda mahsulotning tabiiyligiga ishora qiluvchi simvolizm yotadi — odatda, tabiiy pishloq ishlab chiqariladigan fermalarda buzoqlar ko‘pincha yetarlicha ona sutini ololmaydilar, negaki bu sut aynan pishloq chiqarish uchun ishlatiladi.

 

Illyustratsiyadagi har bir detal qo‘lda chizigan bo‘lib, final obrazni yaratishda yuzlab miniatyuralar o‘rganib chiqilgan.

 

Har bir mahsulot turi o‘ziga mos rang bilan belgilangan, toki xaridor xohlagan pishlog‘ini osonlik bilan tanlab ola olishi uchun.

 

Mahsulot nomi ham pishloq ishi tarixiga ishora qiladi — Rumiya so‘zi Rim shahrining nomini o‘zbekona talqinidan olingan, negaki aynan Rimda ilk bor pishloq ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Biznes nuqtai nazaridan ham bu nomning afzalliklari bor — O‘zbekistonda arabcha fonetikaga ega neyminglar so‘nggi yillarda ham premium ham ommaviy segmentlarda ancha samarali ekanligini isbotlab kelmoqda.

Next Project

Back To Top
Theme Mode