potto

Potto — turli hajmlar assortimentiga ega mahalliy taglik ishlab chiqaruvchisi. Mijoz raqobatbardosh va mahsulotning afzalliklarini yaqqol namoyon eta oladigan aydentika ishlab chiqish uchun kelgan edi.

Bozor, iste’molchilar va kontekstni oʻrganib bizga bolalar uchun mos, va mahsulotimiz qulaylikarini koʻrsatishda asqotadigan qahramon kerakligini tushunib yetdik.

Mahsulot neymingi esa bolalarcha quvnoq, esda qolarli va Oʻzbekistonning barcha aholisi uchun oson talaffuz qilinadigan boʻlishi kerak edi.

Natijada, biz Potto neymingi barcha kriteriyalarni mukammal bajarishiga ishonch hosil qildik, axir u bir vaqtning oʻzida ham bizning qahramon — doimo Potto tagliklarida yuradigan begemotga ham ishora qilar edi.

Mahsulotning umumiy vizual stilistikasi bolalar uchun doʻstona shaklda, komplimentar, pastel ranglarda ishlangan boʻlib, u bolalar auditoriyasiga yoqimli va sokin taʻsir oʻtkazadi.

Qahramonning qadoqdagi holati ham muhim rol oʻynaydi, negaki u aynan qanday holatda boʻlishi turli yoshdagi bolakaylarning xatti-harakatiga ishora qiladi — qaysidir hollarda qahramon shunchaki yotadi, boshqa joy emaklasa, yana bir qadoqda deyarli oyoqlarida tikka turadi.

Vizual bilan qilingan barcha ijodiy ishlar faqat qoʻl mehnati orqali amalga oshirilgan, chunki bizga natija iloji boricha original, oʻziga xos va betakror chiqishi juda muhim edi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode