Aloe Vera

Aloe vera ichimligi O‘zbekiston bozorida katta talabga ega hisoblansa ham, ushbu mahsulotning vizual reprezentatsiyasi yildan yilga bir xil shakllarni takrorlab, kategoriyani borgan sari bir xil qobiqqa solib kelmoqda. Natijada mijoz brendlarni farqlashda qiynalib, aniq tanlov qila olmayapti. 


Ushbu konsept ma’lum bir mahsulotni raqobatchilar orasidan farqlab berish uchun ishlab chiqilgan. Biz mahsulotni jonlantirib, uning ergonomikasini yaxshilab, tovar obrazini yanada premial va jozibador qildik.


Idish shakliga katta e’tibor berdik — uni raqobatchilardan ham vizual, ham taktil tomonlardan ajralib chiqarish muhim edi. Boshqa brendlar asosan aloe uchun to‘rtburchak qadoqlarni ishlatishsa, bizning idishimiz qo‘lda qulay yotadigan, nafis bukilishlar bilan ishlangan holda taqdim etildi.


Bu esa mahsulotni premium segmentda o‘z o‘rnini topishda sezilarli rol o‘ynashi mumkin.


Mahsulot tabiiyligini alohida ta’kidlash uchun biz qadoqni aloe barglari bilan bezadik, vizual aydentikani esa aksincha kamaytirdik, toki mijoz bor e’tiborini idish ichidagi mahsulotga qarata olsin.

Next Project

Back To Top
Theme Mode