Qadoq dizaynini ishlab chiqishda biz brend milliyligini iloji boricha saqlab qolishga intildik va mahalliy madaniyatga ishora qiluvchi bir nechta elementdan foydalandik.
Jumladan, qadoqdagi barcha kopiraytlar qoraqalpoq tilida yozilgan, shu bilan birga dizaynda ushbu choyni sutga qo‘shib iste’mol qilish mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tilgan, negaki bu Qoraqalpog‘istondagi ancha mashhur an’ana.
Qadoq qoraqalpoq naqshlari, o‘tovlar va karvonlar rasmlari bilan ham boyitilgan.