Vitamin va minerallar organizmning asosiy tizim va organlari normal ishlashini taʼminlash uchun zarurdir. Аmmo oziq-ovqatlar orqali ular yetarlicha qabul qilinmasa, ularning yetishmovchiligi yuzaga kelib, kasal boʼlish ehtimoli ortadi.

Vitamin va minerallarni xalqqa yetkazishda faol ishtirok etib kelayotgan Numa Nutrimakondan (Kaltsiy+Vitamin D3) bolalar uchun moʼljallangan preparatga buyurtma tushdi.

Produktni va uning instruktsiyasini oʼrganib chiqib, preparat bolaning toʼgʼri oʼsishida koʼmaklashishini aniqlab oldik.
Neymingda Bone(suyak) soʼzidan kelib chiqib, Bonny nomini taqdimotini oʼtkazdik. U bolalar auditoriyasi bilan yaxshi muloqot qiladi va ota-onalarni oson eslab qolishiga yordam beradi. Shuningdek yozilganidek oʼqiladi.
Bonny tarkibidagi D3 vitamini suyaklar, tishlar va tirnoqlarni mustahkamlashdan tashqari, bolalarning sogʼlom oʼsishini ham taʼminlaydi. Shuning uchun asosiy shior sifatida «Sogʼlom oʼsish»deb yozib qoʼydik.
Dizayn kontseptsiyada Bonnyni kostyumdagi qahramon sifatida koʼrsatdik va Rikki personajiga yaqinlashtirdik. Fonida D3 vitamini (quyosh vitamini) boʼlganligi sababli sariq rangdan foydalandik. Personajimiz barcha 2D va 3D koʼrinishlarda keng qoʼllanilishi mumkin.

Next Project

Back To Top
Theme Mode