Endomarine

Endokrin kasalliklarga davo boʻluvchi mahsulot uchun nom


Vazifa: endokrin kasalliklarga, xususan, buqoqqa dengiz oʻtlari yordamida malham beruvchi va davolovchi produktga nom topish.


Topilgan nom: Endomarine

Lingvistik tahlil:
Nom ikki qismning qoʻshilmasidan hosil qilindi — Endo va Marine.

Endo prefiksi qadimgi yunon tilida “ich”, “ichki” degan maʼnolarni anglatadi va uning yordamida koʻplab soʻzlar hosil qilingan. Endokrinologiya ham ayni ichki bezlar va ular ishlab chiqaruvchi gormonlarni oʻrganuvchi tibbiyot sohasi hisoblanadi. Marine qadimiy soʻzlardan boʻlib, bir qancha tillarda “dengiz”, “okean” “ummon”, “dengizga oid”, “dengizga taalluqli” degan maʼnolarda qoʻllanadi.

Nomga izoh:
1. Endomarine nomi orqali bu vosita ichki, aniqrogʻi, endokrin kasalliklariga malham boʻlishi va tarkibida dengiz mahsulotlari borligi darhol oydinlashadi.

2. Tanlangan nom “endokrinologiya sohasi ummoni”, yaʼni koʻplab neʼmatlarni oʻz ichiga olgan ummon, degan maʼnoni ham oʻzida mujassam etgan.

3. Agar nom toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilinsa, “ichki dengiz”, “ichingizdagi dengiz” degan maʼno hosil boʻladi. Bundan goʻyoki dengiz neʼmatlari ichingizdan oʻrin oladi yoki ichingiz dengizdek noz-neʼmatlarga moʻl-koʻl boʻladi, degan mazmun ham anglashiladi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode