Jamoamiz eskimo muzqaymoqlari uchun o‘zining yangi qadoq dizaynini mamnuniyat bilan taqdim etadi. Bu muzqaymoq turining tarixi 200 yil oldin, uzoq 1922 yilda boshlangan. Bugungi kunda KHOREZM HOLOD xususiy korxonasi mana shu g‘aroyib shirinliklarni ishlab chiqarmoqda.

Jamoamizga 4 xil turdagi eskimo uchun jozibador qadoq dizayni ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Biz iste’molchilarga nafaqat vizual lazzat, balki ishtahaochar taassurot beruvchi yechim topdik.

Biz har bir muzqaymoq turining 3D-modelini yaratdik va ularni maftunkor ko‘rinishda, ya’ni tishlangan shaklda ifodaladik, bu qadoqning o‘zidan muzqaymoq ta’mi va tarkibini farqlash imkonini beradi.

Odatda zar qog‘ozga o‘ralgan eskimo odamlarda yaxshi xotiralar va ijobiy tasavvurlar uyg‘otadi. Aynan shuning uchun biz uni g‘ijimlangan va to‘pcha shakli keltirilgan holda qadoqda aks ettirdik.

Eskimo Ice Cream
Eskimo Ice Cream
Eskimo Ice Cream
Eskimo Ice Cream
Eskimo Ice Cream

Next Project

Back To Top
Theme Mode