Ezo

Eron o‘zining kimyo sanoati bilan mashhur, shu jumladan kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarish borasida ham yetakchilardan biri hisoblanadi. Bu safargi mijozimiz ayni Erondan kir yuvish kukunlarini olib kelib, STM (sobstvennaya torgovaya marka) asosida o‘z brendi bilan bozorga kirib borishni maqsad qildi.

 

Vazifa 

Vazifamiz — yangi mahsulot uchun brending qilish: u neyming, logotip va qadoq dizaynini o‘z ichiga oladi. Asosiy e’tibor dizaynga qaratilishi, maqsadli auditoriyaning e’tiborini torta olishi, raqobatchilar mahsulotlariga nisbatan ko‘proq ko‘zga tashlanib turishi kerak edi.

Qadoq dizayni

Qadoq dizaynida yorqin ko‘k, yashil va qizil ranglardan foydalandik. Mahsulot xususiyatlari va va afzalliklarini tushunarli matnlar va illyustratsiyalar bilan to‘ldirdik.

Natija 

Natijada yangi dizayndagi mahsulot mahalliy brendlar ichidan o‘zining yorqinligi bilan ajralib chiqdi. Mahsulot qisqa vaqt ichida ko‘pchilikning ishonchini qozondi va o‘zining sodiq mijozlariga ega bo‘ldi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode