Mijozimiz Koreya mahsulotini shaxsiy savdo belgisi (STM) asosida O‘zbekiston bozoriga olib kirdi. Yangi brend uchun neyming va logotip kerak bo‘lgani uchun tadbirkor agentligimizga murojaat qildi.
Vazifa
Nom tanlashda koreys tilidan yoki Koreyaga ishora qiluvchi so‘zlardan foydalanish mumkin. Logotipda esa mayinlik, tozalik, soflikni ko‘rsatib berish kerak.
Yechim
Bir qancha nomlar ichida mijozimizga Kopum varianti ma’qul keldi. Biz taklif etgan bu nom koreys tilida «ko‘pik» degan ma’noni anglatadi va iste’molchilarda mahsulot haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qiladi. Undan tashqari, nomning birinchi qismi ko‘plikka, mahsulotning barakali ekaniga ishora qiladi.
Nomga mos ravishda momiqqina va oppoqqina ko‘pikcha ko‘rinishida logotip ham ishlab chiqildi. U yoqimtoy smaylik shaklida ishlandi va bir qarashdan koreys multfilmlarini eslatib yuboradi.