Bolalar muhabbatini qanday qozonish mumkin? Albatta, superqahramonlar bilan! O‘tgan yili agentligimiz Numa kompaniyasining bolalarga mo‘ljallangan biologik faol qo‘shimchalari uchun maskotlar ishlab chiqqan edi. Bu yorqin personajlar darhol bolalar mehrini qozondi va brendi raqobatchilar orasidan ajratib chiqardi. Maskotlarning bunday muvaffaqiyati kompaniyani brendni yanada rivojlantirishga undadi.
Vazifa
Numa kompaniyasi erishilgan natijada to‘xtab qolmay, oldimizga yana bir vazifa qo‘ydi: lineykadagi barcha mahsulotlar uchun yagona vizual va emotsional maydon yaratgan holda brend taniqliligini oshirish. Asosiy maqsad — bir mahsulotni sotib olayotganda xaridorlar brendning boshqa mahsulotlarini ham darhol bilishlari va ularga ham qiziqib qolishlari kerak.
Yechim
Biz komikslar jurnalini ishlab chiqdik, unda 5 ta qahramon umumiy dushmanlari yaratgan kasallikka qarshi kurashish uchun birlashadilar. Komikslar har bir mahsulot sotib olinganda bepul tarqatildi, bu esa bolalar va ota-onalarda qahramonlarga nisbatan mehr paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Natija
Komikslarni ishga tushirish rejasi muvaffaqiyatli amalga oshdi. Maskotlar tez orada haqiqiy qahramonlarga aylandi, ularni bolakaylar tanib, taqlid qila boshlashdi. Ota-onalar bolalarda brend mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishni e’tirof etishdi. Natijada sotuv menejerlari «cross sell» va «up sell» usullarini samarali qo‘llay olishdi, bu esa lineykadagi mahsulotlar sotuvi sezilarli darajada — naq 73% ga oshishiga xizmat qildi.