Numa — O‘zbekistondagi eng yirik biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Uning keng va sodiq mijozlar bazasi bo‘lib, undagi xaridorlar yana va yana brendga profilaktika va sog‘liqni bir maromda ushlab turish maqsadlari bilan yuzlanishadi.

 

Bizga esa brend yangi mahsuloti uchun aydentika yaratish maqsadida yuzlangan — bu mahsulot bolalar uchun antigelmintik vosita hisoblanib, u bola organizmini zararkunandalardan tozalaydi, masalan, gijjadan.

 

Preparat bolalar uchun yaratilgani, ammo bir vaqtning o‘zida uning neymingi dorining barcha foydali xususiyatlari qisqa va lo‘nda tushintira olishi kerakligini inobatga olgan holda, biz preparatga “Rikki” nomini berishga qaror qildik.

 

Bu nom bizni Radyard Kiplingning mashhur “Riki-Tiki-Tavi” hikoyasidagi bosh qahramon, mangustga ishora qiladi: axir u ham do‘stlarini zararkunandalardan himoya qilgan.

 

Bizning holda ham “Rikki” bolalar organizmida shunday ta’sir o‘tkazadi — dushmanlar bilan kurashib, sog‘lik va tozalikka erishadi.

 

Brend obrazini ham biz aynan shunday holda tasvirladik — qahramon niqobini taqib, qo‘liga qalqon ushlab olgan ayiqcha doimo zararkunandalar bilan kurashishga shay turadi.

 

Shu bilan birga, qadoq dizayni yorqin, bolalar e’tiborini tortadigan stilistikadi ishlangan bo‘lib, bolakaylar unga hech qanday qo‘rquv yoki mayuslik bilan qaramaydilar.

 

Tipografika ham e’tibor tortadigan uslubda yaratilgan, uni uzoqdan turib ham bemalol o‘qib olish mumkin.

 

Qadoqda preparat shakli — marmelad ayiqlar hamda uning xotira va e’tiborga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ham ma’lumot berib ketilgan.

Next Project

Back To Top
Theme Mode