Safo — bir vaqtning oʻzida ikkita bozorga: Qozogʻiston va Oʻzbekistonga kirib kelayotgan brend hisoblanadi.
Brendning mahsuloti oʻziga xos — sutli shokolad bilan qoplangan an’anaviy sharq shirinliklari.
Mahsulotning nomi “toza, sof” ma’nolarini anglatib, uning masalliqlari tabiiy ekanligini alohida ta’kidlab turadi.
Qadoq dizaynida biz mahsulot tarkibini maksimal ochib berib, mazali yongʻoqlar, quruq mevalarni ochiq koʻrsatib, ularning ustiga bir maromda shokolad quyilishini namoyish eta oldik. Qadoqni koʻrishi bilan odamni yegisi kelib ketadi. Bu esa xaridlar oshishiga turtki boʻladi.
Realistik 3D-model yaratish orqali biz bittagina rasm bilan mahsulotning toʻliq tarkibini koʻrsata oldik. Xaridorlar mahsulot orasida oson navigatsiya qilishlari uchun esa har xil ta’mga turli ranglar kodi bilan ishlov berdik.