Samandar Milk food 

O‘zbekiston aholisi uchun sifatli sut mahsulotlari deganda nima tushuniladi?

Bu har kuni erta tongda ko‘p qavatli uylarga yangi sut mahsulotlarini olib keluvchi xolajon obrazi. U xolaning ovozi hammaga tanish: «Sut, qatiq, qaymoq, tvorog…»

Sutchi xola obrazi — bu nafaqat noyob yetkazib berish an’anasi, balki u har bir o‘zbekiston aholisi uchun tanish bo‘lgan yuqori sifatni ham ifodalaydi.

Damas — bu shunchaki transport vositasi emas. U O‘zbekistonda so‘nggi bir necha avlodlar uchun ommabop yetkazish xizmati timsoli bo‘lib kelmoqda.

Mana shu ikki obraz deyarli har bir O‘zbekiston aholisi uchun yaqindan tanish.

 

Muammo

Samandar milk brendining muammosi shunda ediki, mahsulotlari yuqori sifatli bo‘lishiga qaramay, uning ko‘rimsiz qadog‘i zamonaviy bozor talablariga javob bermasdi. Xaridorlarning katta qismi mahsulotni vizual jozibasiga, ya’ni tashqi ko‘rinishiga qarab tanlaydi. Ayni mana shu holat yangi qadoq dizaynini yaratishga turtki bo‘ldi.

Yechim

Biz mavjud obrazlarni kreativ qayta talqin qilish orqali muammoga yechim berdik: hammaga sevimli xolajon obrazini olib, sigir ko‘rinishidagi maskot yaratdik. Xolajon kabi kiyingan bu sigir endi Damasni o‘zi boshqarib, sut mahsulotlarini tashib yuradi.

Ikki noyob obrazni birlashtirish bir tarafdan mahsulot rastalarda mijozlar e’tiborini tortishga xizmat qilsa, boshqa tarafdan sut mahsulotlarini yetkazish bilan bog‘liq iliq tasavvurlar ham uyg‘otadi.

Natija

Natijada biz nafaqat qadoq muammosini hal qildik, balki brendning O‘zbekiston madaniy an’analari bilan bog‘liqlik hosil qildik. Yangi qadoq dizayni joriy qilinganidan so‘ng dastlabki ikki oy ichida Samandar milk mahsulotlari sotuvlari 55% ga oshdi, bu biz taqdim etgan kreativ yondashuvning samarali ekanini tasdiqlab berdi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode