Ti.Coffee — butun O‘zbekiston bo‘ylab tarmoq qurish va yaqin 3-yillikda franshiza orqali MDH davlatlariga chiqish maqsadini oldiga qo‘ygan kafeteriy. Bu maqsadga erishish uchun tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan to‘g‘ri va puxta o‘ylangan brending kerak bo‘ladi.
Muammo
Oldimizda aniq vazifa turgandi — logotipni ishlab chiqishga biznes nuqtayi nazaridan yondashish, ya’ni logotip: — keng auditoriya uchun brend tanilishiga hissa qo‘shishi; — brendni raqobatchilardan ajratib turishi; — brendning asosiy assotsiatsiyalari va qadriyatlarini ifodalashi; — oddiy, ifodali va oson esda qoladigan bo‘lishi kerak edi.
Yechim
Biz qahvaxonalar bozorini o‘rgandik, asosiy raqobatchilarni belgilab oldik va maqsadli auditoriyani samarali jalb qiluvchi trendlarni aniqladik.
O‘rganishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, ko‘plab kafeteriylarning logotiplarida likopcha ustida finjon (chashka) tasvirlangan. Ammo qanday qilib raqobatchilardan ajralib chiqish va finjonni ishlatmagan holda qahvaxona obrazini ifodalash mumkin?
Natija
Biz yaratgan Ti.Coffee logotipi — bu kreativ va minimalizmning mohirona uyg‘unligi. Uning markaziy elementi — o‘zgacha uslubdagi «T» harfi nafaqat yangi tayyorlangan qahvadan chiqayotgan bug‘ni, balki qahva donini ham eslatadi.
Tayyorlangan logotip qo‘yilgan barcha biznes vazifalariga mos keladi: u brend yo‘nalishini ifodalaydi, uni raqobatchilardan ajratadi, sodda va oson esda qoladi.