Yezz

Yangi mahsulot uchun dizayn yaratish shunchaki amalga oshmaydi, balki avval tadqiqotlar olib boriladi — bozor holati, raqobatchilar, maqsadli auditoriya, xalqaro tajriba o‘rganiladi.

Raqobatchilar ko‘p bo‘lsa, ularning kuchsiz tarafi olinib, o‘sha jihat bilan bozorga kirib boriladi. Isam brendiga ham biz shunday taklif berdik.

 

Tadqiqot

O‘rganishlarimiz natijasida suxari ishlab chiqaruvchilar asosan bir turdagi dizaynlardan foydalanishishini bildik. Shu bois biz o‘zgacha yechim berishga qaror qildik: suxarilar odatda qay holatda iste’mol qilinishini o‘rganib chiqib, maqsadli auditoriyani segmentlarga bo‘lib oldik.

Natijada bir qancha holatlarni ajratib oldik. Kimdir kompyuterda o‘yin o‘ynayotganda yoki kino ko‘rayotganda, yana kimdir do‘stlari davrasida, boshqa birlari esa sayohatga chiqqanda maza qilib suxari bilan tamaddi qiladi.

Yechim

Biz ayni mana shu holatlar aks etgan illyustratsiyalar chizib, qadoqda aks ettirdik. Ularni yoshlarbop va pozitiv usulda tasvirladik.

Illyustratsiyalarni qahramonlarning qisqa jumlalari bilan boyitdik. Qadoqda mahsulot ta’mini ifodalaydigan tasvirlarni ham qo‘shdik.


Siz ham yangi mahsulot bilan bozorga kirib borishni reja qilayotgan bo‘lsangiz va shu kabi unikal yechimlar kerak bo‘lsa, Minim jamoasiga murojaat qiling.

Next Project

Back To Top
Theme Mode