Minim | Brand Design
“Minim | Brand Design” kompaniyasiga 2019-yil noyabr oyida Lazizxoʻja Sharipov tomonidan asos solingan. Bugungi kunda kompaniya brending va qadoqlash dizaynini ishlab chiqish faoliyati bilan shugʻullanadi. “Minim” nomi “Minimalizm” soʻzidan olingan boʻlib, bu har bir ijod mahsulimizda minimalizm ohangi borligidan dalolat qiladi.
“Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” savdo belgisi ostidagi brendlarni raqobatbardosh va jahonda mashhur qilishni kompaniyamiz oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
Ayni paytda kompaniyada marketolog, art-direktor, kopirayter, illyustrator, grafik dizayner, 3D-dizayner, moushn-dizayner kabi oʻndan ortiq mutaxassislar faoliyat olib bormoqda.
Kompaniyaning asosiy mijozlari mahalliy ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari, shu xususan farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati korxonalari hisoblanadi. Shu kungacha yuzlab mamnun mijozlarning loyihalari kompaniyamiz portfoliosidan joy olgan.
Bugungi kunda agentlik tobora rivojlanib bormoqda. “Minim” tufayli oʻnlab mijozlar yangi brendlar bilan xalqaro eksport darajasiga chiqdi. Jamoa ishi muntazam ravishda dunyoning turli nashrlarida, jumladan, World Brand Design Society (Buyuk Britaniya) va Packaging of the World (AQSH) nashrlarida chop etiladi.
LAZIZXO’JA SHARIPOV
Rahbar
OYNISA MAVLYANKARIEVA
Proyekt Menejer
KOMILJON GAIPNAZAROV
Brend Dizayner
ANVAR MUSAXANOV
Texnik Dizayner
GULYORA QAYUMOVA
Brend Dizayner
ABDUQODIR TURONOV
Senior Dizayner
BEHZOD OTAJONOV
Grafik Dizayner
TOHIR TUYG’UNOV
Ijrochi Direktor
ABDUAZIM RUSTAMXO'JAYEV
Kontent Meyker
MAHMUD RAJAPOV
Moushn Dizayner
SARDOR JURABOYEV
Art Direktor
KAMILA SATTAROVA
Marketolog
ROBIYA AZIMOVA
Grafik Dizayner