Rashmilk brendining yogurt mahsulotlari uchun dizayn ishlab chiqdik. Har doimgidek oldimizda muhim vazifa turgandi: maqsadli auditoriyani inobatga olish va ko‘zga tashlanadigan qadoq yaratish.
Yogurtni asosan bolakaylar iste’mol qilishini hisobga olib, olma, banan va nok mevalarini jonlantirdik. Endi bolalar yogurtni nafaqat mazasi uchun, balki uning qadog‘i chiroyli bo‘lgani uchun ham iste’mol qilishadi.
Natijada shunchaki yangicha qadoq emas, mahsulotga o‘ziga xoslik bag‘ishlovchi, uni boshqalardan ajratib turuvchi, esda qolarli unikal dizayn paydo bo‘ldi.