Aklis

Biz kir yuvish vositasi uchun brend yaratishdan avval bozorni oʼrgandik. Bozordagi asosiy oʼyinchilarning kuchli va kuchsiz taraflarini oʼrgandik, bozorga kira olmagan boshqa ishtirokchilarni yoʼl qoʼygan kamchiliklarini surishtirdik. Sotuvchi xodimlar bilan tajriba almashdik va ularning maslahatlarini oldik. Isteʼmolchilar extiyojlari va muammolarini aniqlash boʼyicha suxbatlar oʼtkazdik.

Tahlil natijalari va insaydlar yigʼilgandan soʼng eʼtiborni mahsulot tarkibi, xajmi va qadogʼini takomillashtirishga qaratdik. Fokus gurux tuzib, dizayn va aromalar boʼyicha fikrlarini jamladik.

Yangi brend uchun Aklis nomi tanlandi. Аklis bu – Аrctic fox(lisa) soʼzlari birlashuvidan kelib chiqqan original nom. Bunda asosiy urgʼu tozalik, ozodalik va oppoqlikka qaratilgan boʼlib, tulki esa aynan eng ozoda jonzotlardan biri hisoblanadi.

Aklis nomi oʼqilishi boʼyicha yoziladi, oson talaffuz etiladi, xotirada yaxshi saqlanib qolinadi. Bu bilan u neyming talablariga toʼliq javob beradi. Shu nomga moslab, «Oqlik timsoli» -» Aklik simboli» deb slogan tanladik. Bu mahsulot nomi va u beradigan sennostga mos tushadi.

Qadoq dizaynida ham Аrktika tulkisidan personaj sifatida foydalandik.
Doʼkon peshtaxtalarida raqobatchilardan ajralib turish uchun dizaynning asosiy rangi uchun «Malinali qizil» rangini tanladik.

Qadoqni Zip-lock formatdagi paketga oʼtkazib, bir qator muammolarga yechim topdik:
1. Saqlashda toʼkilib ketmasligi
2. Аromatni maksimal saqlab qolishi
3. Bolalar osonlik bilan ocha olmasligi

Ushbu dizayn Buyuk Britaniyaning World Brand Design (https://worldbranddesign.com/bright-packaging-for-aklis-washing-powder/) va dunyo boʼylab eng qiziqarli va kreativ ishlarni yigʼib boradigan Packaging of the World (https://packagingoftheworld.com/2022/04/bright-packaging-for-aklis-washing-powder.html) hamjamiyati tomonidan sara dizaynlar orasiga kiritildi.

Baho berish Sizdan!

Next Project

Back To Top
Theme Mode