T-SU mineral water

T-SU

T•Su oltin suv mahsuloti uchun qadoq adaptatsiyasi

T•Su mahsuloti avval faqatgina 0,5 va 0,7 l hajmda ishlab chiqarilgan. Bozorda kichikroq hajmdagi qadog‘ga talab borligini inobatga olib, mijoz bizga mavjud dizaynni adaptatsiya qilish uchun murojaat qildi.

Mahsulot bozorda o‘z o‘rnini egallab ulgurgani va brend darajasiga yetgani bois 330 mm hajmdagi yangi qadoq dizaynini ishlab chiqishda mavjud aydentikani saqlab qolish muhim ahamiyatga ega edi.

Ushbu mahsulot sof oltin zarallari, mikro va makro elementlar bilan boyitilgan bo‘lib, asosan premium toifasidagi segment uchun ishlab chiqariladi. Tahlil va o‘rganishlar natijasida qadoqni qirralarga boy qimmatbaho kristall holida namoyish etishga qaror qildik. Kristall suvga soflik hissini, mahsulotga yuqori nufuz berdi.

Shu bilan birga, brend taniqliligi oshganini hisobga olib, etiketkada logotip o‘lchamini kattaroq ko‘rinishda aks ettirdik. Bu sotuv rastalarida boshqa mahsulotlar orasida alohida ajralib turish imkonini beradi.

T-SU mineral water
T-SU mineral water
T-SU mineral water

Next Project

Back To Top
Theme Mode