Minim | Brand Design

Kompaniya 2019-yil noyabr oyida Lazizxoʻja Sharipov tomonidan asos solingan. Bugungi kunda kompaniya brending va qadoqlash dizaynini ishlab chiqish faoliyati bilan shugʻullanadi. “Minim” nomi “Minimalizm” soʻzidan olingan boʻlib, bu har bir ijod mahsulimizda minimalizm ohangi borligidan dalolat qiladi.

“Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” savdo belgisi ostidagi brendlarni raqobatbardosh va jahonda mashhur qilishni kompaniyamiz oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Ayni paytda kompaniyada marketolog, art-direktor, kopirayter, illyustrator, grafik dizayner, 3D-dizayner, moushn-dizayner kabi oʻndan ortiq mutaxassislar faoliyat olib bormoqda.

Kompaniyaning asosiy mijozlari mahalliy ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari, shu xususan farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati korxonalari hisoblanadi. Shu kungacha yuzlab mamnun mijozlarning loyihalari kompaniyamiz portfoliosidan joy olgan.

Bugungi kunda agentlik tobora rivojlanib bormoqda. “Minim” tufayli oʻnlab mijozlar yangi brendlar bilan xalqaro eksport darajasiga chiqdi. Jamoa ishi muntazam ravishda dunyoning turli nashrlarida, jumladan, World Brand Design Society (Buyuk Britaniya) va Packaging of the World (AQSH) nashrlarida chop etiladi.

Minim asoschisi

 

Lazizxo‘ja Sharipov

Falsafamiz asosida ushbu g‘oya yotadi: «Muvaffaqiyat qachonki jamoaning har bir a’zosi o‘zini muhim deb his qilgandagina keladi». Biz barcha xodimlarimizni samimiy qadrlaymiz va ularni shaxsiy va kasbiy o‘sishga ilhomlantiramiz.

Bu borada nafaqat ish o‘rinlarini yaratamiz, balki o‘zlarini ijodiy tarafdan namoyon etish va salohiyatlarini ochish uchun sharoitlar taqdim etamiz. Mana shu yondashuv tufayli biz bozorda ishonch bilan o‘z o‘rnimizni egallab kelmoqdamiz, qalblarni zabt etuvchi va xalqaro bozorda muvaffaqiyatli raqobat qiluvchi brendlar yaratmoqdamiz.

Back To Top
Theme Mode