Aktuz

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 32.7% nafas olish yo‘llari muammolaridan surunkali aziyat chekadi. Bu insonlarni tibbiyot maskanlari va tuzli g‘orlardan najot izlashga undaydi, bu esa noqulay va xarajatli holatdir.

 

Muammo

Tuzli g‘orni portativ ko‘rinishga keltirish mumkinmi? Hammasi mana shu savoldan boshlandi.

Mijoz bizga tuz terapiyasidan har bir inson foydalanishi qulay bo‘lishi uchun moslama yaratish g‘oyasi bilan keldi.

Oldimizga vazifa qo‘yildi: tuzli g‘or effektini beruvchi portativ qurilma dizaynini yaratish. Ammo undan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanish qulay bo‘lishi muhim edi.

 

Yechim

Bu ixcham cho‘ntakka sig‘adigan qurilma bo‘lishi kerak edi. Biz mahsulot dizayni konsepsiyasi va uning 3D modelini ishlab chiqdik. Bunda mahsulotning universalligini, ya’ni u erkaklar va ayollarga, kattalar va bolalarga mos kelishi kerakligini ham inobatga oldik.

So‘ng injenerlar bilan birgalikda ingalyatorning ishlash mexanizmini ishlab chiqdik. Moslama havoni optimal harakatlanishini va tuz zarralarining bir maromda tarqalishini ta’minlashi kerak edi.

Natija

Jamoamiz qo‘yilgan vazifaga muvaffaqiyatli yechim bera oldi. Mijoz ishimizdan mamnun bo‘ldi. Ishonchimiz komilki, yangi noyob ingalyator O‘zbekiston va boshqa davlatlar bozorlarida ham talabgir mahsulotga aylanadi, biz yaratgan dizayn esa mahsulot muvaffaqiyatli sotilishiga hissa qo‘shadi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode