Fransuzcha menyu, shu jumladan Fransiyaning timsoli bo‘lgan mashhur kruassanlar tortiq qilinadigan kafeni tasavvur qilib ko‘ring. Ammo kruassanlarning o‘zi to‘laqonli Fransiya muhitini bera olmaydi.
Muammo
Bizning oldimizda aniq vazifa turgandi — kafega asl Fransiya muhitini beradigan logotip yaratish.
Logotipni ishlab chiqishda 2001-yilda ekran yuzini ko‘rgan ajoyib “Ameli” filmi biz uchun ilhom manbayi bo‘ldi. Mijozimiz o‘z kafesiga nom tanlashda ham shu filmdan ilhomlangan. Ushbu kinokartina kundalik hayotning g‘aroyib iliqligi va mo‘jizasi bilan burkangan, ayni shularni biz dizaynimizda mujassam qildik.
Yechim
Shlyapa kiygan, qo‘lida guldasta bilan velosipedda ketayotgan noziq qizaloq logotipmizning asosiy elementiga aylandi. Bu obraz fransuz hayot tarziga juda xos bo‘lgan erkinlik va sokinlikni ifodalaydi.
Biz logotipda mayin pastel ranglardan foydalandik va dizaynni beg‘amlik va quvonch muhiti bilan to‘ldirish uchun nafis shrift tanladik.
Natija
Ijodiy mehnatimiz natijasida fransuz jozibasini to‘laqonli bera oladigan noyob logotip paydo bo‘ldi. Buyurtmachi ishimizdan to‘liq mamnun bo‘ldi va iliq fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bugungi kunda “Amelie’s” kafesiga har kuni 500-700 kishi tashrif buyuradi, bu esa brendning mashhurligi va muvaffaqiyatidan dalolat qiladi.