Oʼzbekistonda choy shunchaki kundalik ichimlik emas. Bu mahalliy madaniyatning, oʼzbek millatining bir qismi, mehmondoʼstlik va mehr-oqibat ramzi hisoblanadi. Shu sababli Oʼzbekistonning har bir mintaqasida choy mahsulotlarining ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda.
Bizga Qoraqalpogʼistonda joylashgan mahalliy choy ishlab chiqaruvchi mijozimiz murojaat bilan chiqdilar. Ularga yangi mahsulot uchun nomini, logotipini va uning qadoq dizaynini ishlab chiqishimiz kerak edi. Jamoamiz dastlab ishni soxani tadqiq qilish bilan boshladi. Izlanishlar natijasida biz tarixda Qoraqalpogʼistonda beshta qalʼa boʼlganligini, ularni beshta xon boshqarganligini aniqladik.
Ushbu maʼlumotlarga asoslanib biz yangi mahsulotni «Bes Xan» deb nomlashga qaror qildik. Bu «Besh xon»degan maʼnoni anglatadi. Keyingi bosqichda tanlangan nom va mahsulot turini birlashtirgan xolda logotipni ishlab chiqdik. Logotipda biz besh raqamini ifodalovchi choy bargini koʼrsatdik.
Qadoq dizayniga alohida eʼtibor qaratib, uni yorqin va jozibador qilishga xarakat qildik. Bunda quyosh ramzi boʼlgan yorqin sariq rangni tabiiylikni ifodalovchi yashil rang bilan uygʼunlashtirdik. Bundan tashqari, mahsulot doʼkon peshtaxtalarida mijozning diqqatini oʼziga jalb qilishi uchun ozgina qizil rangli aktsent berib ketdik.
Qadoq dizaynida Qoraqalpogʼiston tarixi va anʼanalari bilan bogʼliq illyustratsiya tasvirlangan. Bu joylar qoraqalpoq xalqining sevimli ramziy ichimligi boʼlgan sutli choyi bilan mashhur. Bizning mahsulotimiz ushbu qoraqalpoq sutli choyini tayyorlash uchun juda mos keladi. Bunga yanada aniqroq urgʼu berish uchun qadoqning old tomonida chashkadagi sutli choy tasvirini koʼrsatdik. Orqa tomonida esa uni tayyorlash boʼyicha koʼrsatmalarni yozib ketdik.
Ushbu keysimiz World Brand Design xamjamiyati tomonidan ham eʼtirof etilib jaxon brendlari safiga qoʼshildi