Oʼzbekistonda choy shunchaki kundalik ichimlik emas. Bu mahalliy madaniyatning, oʼzbek millatining bir qismi, mehmondoʼstlik va mehr-oqibat ramzi hisoblanadi. Shu sababli Oʼzbekistonning har bir mintaqasida choy mahsulotlarining ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda.
Bizga Qoraqalpogʼistonda joylashgan mahalliy choy ishlab chiqaruvchi mijozimiz murojaat bilan chiqdilar. Ularga yangi mahsulot uchun nomini, logotipini va uning qadoq dizaynini ishlab chiqishimiz kerak edi. Jamoamiz dastlab ishni soxani tadqiq qilish bilan boshladi. Izlanishlar natijasida biz tarixda Qoraqalpogʼistonda beshta qalʼa boʼlganligini, ularni beshta xon boshqarganligini aniqladik.
Ushbu maʼlumotlarga asoslanib biz yangi mahsulotni «Bes Xan» deb nomlashga qaror qildik. Bu «Besh xon»degan maʼnoni anglatadi. Keyingi bosqichda tanlangan nom va mahsulot turini birlashtirgan xolda logotipni ishlab chiqdik. Logotipda biz besh raqamini ifodalovchi choy bargini koʼrsatdik.