Oziq-ovqat mahsulotlari haqida gap ketganda qadoqda ishtahani ochuvchi rasm boʻlishi eng toʻgʻri yechim hisoblanadi. Shunda mahsulot maqsadli auditoriya (SA) eʼtiborini tortishi oson boʻladi.
Konsepsiya
Candy Gold brendining Nillo kekslari uchun ham biz ayni shu yechimni taklif etdik. Boʻlingan keksni nachinkasi koʻrinib turgan holda ishtahaochar qilib tasvirladik.
Nachinkalarning turi — shokoladli, malinali va bananli ekanini hisobga olib, turli xil variatsiyalar berdik.
Logotip
Logotipni shriftli usulda tayyorladik. Asosiy brend, yaʼni Candy Gold logosini ham eʼtibordan chetda qoldirmadik. Asosiy auditoriya yoshlar boʻlishini hisobga olib, yorqin qizil va koʻk kombinatsiyalaridan foydalandik.
Natija
Mijozimizga qadoq dizayni maʼqul keldi. Ammo mahsulot bozorga chiqqanidan keyin va u yangi qadoq tufayli tezlik bilan mashhurlikka erishayotganini hisobga olib, agentligimizga alohida minnatdorchilik bildirdi.
Agar sizga ham qadoq dizayni boʻyicha professional va kreativ yechimlar kerak boʻlsa, Minim agentligi xizmatingigzga tayyor.