O‘zbekistonda muzqaymoq ishlab chiqaruvchi Zenit brendi bir vaziyatga duch keldi: yangi mahsulotni raqobatchilardan ajratib turadigan va uni madaniy qadriyatlar bilan hissiy jihatdan bog‘laydigan noyob aydentika yaratish kerak edi. Bizning oldimizda yangi muzqaymoq lineykasi uchun neyming, logotip va qadoq dizaynini ishlab chiqish vazifasi turgandi. Kompaniyaning hozirgi holati uning o‘ziga xosligini ifodalamaydi va mahsulotlarining yuqori sifatini aks ettirmadi.
Tadqiqot
Biz ishni maqsadli auditoriya va bozorni sinchkovlik bilan tahlil qilishdan boshladik. Iste’molchilar bilan ularning istaklari va kutuvlarini tushunish uchun intervyular o‘tkazdik. Shirinlik, xususan muzqaymoq tanlashda an’analar va hissiy aloqalarning ahamiyatiga e’tibor qaratdik. Logotipning o‘zi brendning asosiy qadriyatlarini aks ettiruvchi sodda va esda qolarli bo‘lishi kerak edi.
Yechim
Olingan ma’lumotlar asosida o‘zbek tilidagi «Esla» nomini taklif etdik. Nom topishda o‘zbek madaniyati, shuningdek, xotira va o‘tmish bilan bog‘lanish muhimligini ta’kidlovchi hamda Farruh Zokirov ijrosidagi mashhur «Eslab-eslab» qo‘shig‘idan ilhom oldik.
Bu nom yorqin va esda qolarli aydentika yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Logotip ko‘k rangda amalga oshirildi va brendning ishonchliligi va professionalligini ta’kidlaydigan tipografika shaklida aks ettirildi. Muzqaymoq qadog‘i uchun biz soflik va yengillikni anglatuvchi yumshoq feruza rangli fondan foydalandik.
Shuningdek, biz brend uchun ajoyib marketing strategiyasini ham taklif qildik: bu muzqaymoqlarning tezda iste’mol qilinadigan kichik hajmda bo‘lishi g‘oyasi. Ushbu muzqaymoqlar qutilarda ham, chakana holatda ham sotiladi, bu esa iste’molchilarga o‘z farzandlari va yaqinlari uchun ko‘proq muzqaymoq sotib olish imkonini beradi.
Shunday qilib, yangi neyming, logotip, qadoq dizayni va marketing strategiyasi yordamida biz Zenit brendiga muzqaymoq bozorida o‘ziga xos pozitsiyani egallashga yordam berdik, uni an’analar va madaniyat bilan bog‘ladik, bu esa mahsulotni keng auditoriya uchun jozibador qiladi.