Euro Food

EURO FOOD TRADE — O‘zbekistonda original uy retseptlari asosida premium toifasidagi sabzavot va meva konservalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya. Uning mahsulotlari Rossiya, Xitoy va Janubiy Koreyaning yirik shaharlarida keng tarqalgan. Tez o‘sib borayotgan raqobat sharoitida ishlatiladigan masalliqlarning tabiiyligini bildirish va mahsulotlari do‘kon rastalarida ajralib turishi uchun kompaniya qadoqlar dizaynini yangilashga qaror qildi.

 

Vazifa

Konservalangan mahsulotlar lineykasi uchun qadoq dizaynini ishlab chiqish, u zamonaviy standartlarga javob berishi va xaridorlar e’tiborini tortishi lozim. Lineykadagi barcha mahsulotlar uchun yagona uslubda konsepsiya ishlab chiqilishi, ular yuqori sifat va tabiiylikni ifodalashi kerak.

Yechim

Biz to‘yingan ranglar hamda sabzavot va mevalarning illyustratsiyalarini ishlatgan holda klassik va o‘zaro uyg‘un dizayn ishlab chiqdik. Umumiy qishloq manzarasi aks etgan fon shinamlik hissi va qadriyat beradi. Mahsulot hajmi va kaloriyasi kabi xususiyatlarga alohida urg‘u berilgani tufayli esa xaridorlar kerakli assortimentni oson topa olishadi.

 

Natija

Yangi qadoq dizayni mijozga ma’qul keldi va tez orada do‘kon rastalarida taqdim etiladi. Yangilangan qadoq yanada ko‘proq xaridorlarni jalb qilishi, sotuvlarni oshirishi va brendni yuqori sifatli konserva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlashi kutilmoqda.

Next Project

Back To Top
Theme Mode