eurodez

                                                                                                                             Eurodez

Kompaniya nafaqat binolarni va unda yashaydigan yoki ishlaydigan odamlarni zararli parazitlardan xalos qilish, balki ularning qayta paydo boʻlishining ham oldini olishdir. Ishimizning profilaktik tarkibi davolashdan koʻra oldini olish osonroq boʻlgan xavfli kasalliklarning oldini olishda muhim rol oʻynaydi.

Ushbu kompaniya bizga rebrending masalasi boʻyicha murojaat qildi. Kompaniya 12 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Brend avvallari juda koʻplab logotiplarda boʻlgan va bir maromda bitta logotipda qolmagan edi. Biz, ham biznes yoʻnalishidan kelib chiqib ham nomning oʻzidan foydalangan holda logotip yaratishga qaror qildik. Biznes har xil virus, zararkunandalardan himoya qilishini bildik, himoya tushunchasini qalqon koʻrinishida berdik. Qalqon ichiga Eurodez nomidagi «E» va «D» bosh harflarini joyladik. Natijada, yevropa standartlariga javob beruvchi xizmat koʻrsatish turini zamonaviy logotip orqali ifodalab berdik. Logotipning qizil rangini ogohlantiruvchi belgi sifatida ishlatdik. Qizil rang e’tiborni tortibgina qolmay, koʻpincha ogonlantiruvchi ishoralarda ham qoʻllaniladi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode