Korovella — xalqimizga yaxshi tanish “Yubileynoye” pechenyesi uslubida ishlab chiqariladigan tabiiy sutli pechenyelarning keng assortimenti hisoblanadi.
Mahsulotning barcha afzalliklarini yetkazib berish uchun biz “Korovella” nomida toʻxtadik, negaki, bu nom pechenyeda sut borligini yaqqol namoyish eta oladi.
Pechenye nomini biz nafaqat idishlarga, balki mahsulotning oʻziga ham joylashtirdik. Buning uchun biz pechenyening realistik 3D-modelini ishlab chiqdik va aynan shu model asosida mijozimiz pechenyelari uchun qolip ishlab chiqarishi mumkin.
Neyming tipografikasi ham oʻziga xos — retro uslubda ishlangan.
Pechenye idishi katta hajmda sotishga moʻljallanganligi sababli, uning dizayni oddiy qadoqdan biroz farq qilar edi.
Korobkaga brend ranglarini berib uni maxsus pattern bilan bezadik. Keyinchalik, xuddi shu uslubda kichikroq, toʻgʻridan-toʻgʻri mijoz qoʻliga tushadigan qadoqni ishlab chiqish rejalari bor.
Ammo, hozir mahsulot iste’molchiga umuman qadoqsiz yetib borishini inobatga olsak, pechenyening oʻzida ham brend aydentikasi mavjud boʻlishi juda muhim rol oʻynaydi, negaki busiz mijoz shunchaki qaysi brendni tatib koʻrganini bila olmasligi mumkin.