Miray

Miray — Mos Pekar boshqaruvi ostidagi yangi, maqsadlari baland qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi. Roshen, Yashkino va Krember kabi mahalliy va jahon yetakchi brendlari bilan to‘yingan bozor yangi ishtirokchi uchun dadil qadamlarni talab qilardi.

 

Muammo

Miray uchun asosiy vazifa mavjud gigantlar orasidan ajralib chiqish va o‘zini ko‘rsata olish, shu bilan birga, iste’molchilarga ulardan qolishmaydigan sifatli mahsulot taqdim etish edi.

 

Tadqiqot

Biz bozorni chuqur o‘rganib, raqobatchilar orasidan ajralib chiqish uchun vizual yondashuv muhim degan xulosaga keldik. Bunda ayni yorqin va esda qolarli maskot muhim rol o‘ynaydi. U brend haqida tasavvur hosil qiladi va iste’molchilarda ijobiy hissiyotlar chaqiradi.

Shuningdek, biz brend uchun rang tanlashga alohida e’tibor qaratdik, negaki bu xarid qilishga ta’sir qiladigan omil. Mavjud tadqiqotlarga ko‘ra, yorqin ranglar, ayniqsa sariq va sabzirang diqqatni tortadi va impulsiv xaridlarga undaydi.

Asosiy raqobatchilarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ular asosan sariq va och sariq ranglardan foydalanishadi. Raqobatchilardan ajralib turish va ayni damda rang jihatdan ustunlikka ega bo‘lish uchun biz yorqin sabzirangni tanladik. Bundan tashqari, bu rang brendi yanada yorqin ko‘rinishga keltiradi va rastalarda ajralib turishiga hissa qo‘shadi.

Qilingan ishlar

Biz quvnoq olmaxon maskotini ishlab chiqdik — u Miray brendining do‘stona va kuch-quvvatga boy timsoliga aylandi. Olmaxon nafaqat e’tiborni tortadi, balki Miray’ni boshqa brendlardan ajratib turadi hamda auditoriya bilan hissi bog‘liqlik hosil qiladi.

Maskotga qo‘shimcha ravishda biz ko‘k fonda logotip ham ishlab chiqdik, bu rang qadoqdagi yorqin sabzirang bilan yaxshi kontrastga kirishadi. Bu yondashuv Miray mahsulotlarini do‘konlar rastalarida oson esda qoladigan qiladi.

 

10 dan ziyod mahsulot turi uchun qadoq dizaynlarini ham ishlab chiqdik. Bozorga chiqishi bilan birinchi oydanoq brend iste’molchilar ishonchini qozondi hamda Toshkent shahrining o‘zida 112 ta savdo nuqtalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Hozirgi kunda brend qamrovi kun sayin kengayib, tez orada viloyatlar ham qamrab olinishi rejalashtirilmoqda.

 

Qadoq dizayni borasida puxta o‘ylangan yondashuv kompaniyaga qisqa muddatda o‘z o‘rnini egallashga va bozordagi yirik brendlar bilan raqobat qilishni boshlashga yordam berdi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode