IIV jamoatchilik bilan aloqalar departamenti bilan hamkorlikda biz noyob stikerpak gʻoyasini ishlab chiqdik va unda huquqni muhofaza qiluvchi organ va YPX xodimlarini xayrixoh va doʻstona koʻrinishda aks ettirdik. Har bir stikerda takrorlanmas obraz yaratish uchun jamoamiz sidqidildan mehnat qildi. IIV xodimlariga boʻlgan yangicha nigoh ular ham jamiyatimiz aʼzolari ekanini, xavfsizligimiz va tartibni saqlash uchun bor kuchlarini ayamayotganlarini anglashga yordam beradi.