on perfume

ON kosmetika mahsulotlari uchun vizual aydentika

ON — O‘zbekistonda ham mahalliy, ham xorijiy mehmonlar uchun ishlab chiqariladigan, erkaklarga mo‘ljallangan premium toifasidagi yangi kosmetika mahsulotlari liniyasi. Ushbu mahsulotlar antiseptik, dush uchun gel, atir va aroma-spreyni o‘z ichiga oladi. Bizning vazifamiz unikal aydentikaga ega kuchli brend, jumladan slogan, qadoq shakli, dizayni va logotip ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

 

Mahsulotning asosiy mijozlari biznesmenlar bo‘lgani bois ON konsepsiyasi va vizual aydentikasi shunga mos bo‘lishi kerak edi. Konsepsiyani ishlab chiqishda mahsulot ko‘pincha hamkor va sheriklar uchun korporativ sovg‘a sifatida xarid qilinishi inobatga olindi. Shu bois u namoyishkorona va savlatli ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim edi.

 

Aynan shuning uchun biz ishni asosiy pozitsiyalanishni ifoda etuvchi slogan ishlab chiqishdan boshladik: “O‘z timsoli, qalbi va energiyasi bilan atrofdagi barchani ilhomlantirish”. Iforlar albatta bizning individualligimizni to‘ldirib turadi va bizga yorqin bo‘lish imkonini beradi. Shu sababdan biz logotipni Qutb yulduzi — tungi osmonning ko‘rinib turuvchi qismidagi eng yorqin yulduz ko‘rinishida namoyon qildik.

 

Atirlar iforiga mos ravishda biz “Wild Night”, “Viva la Cuba” va “Dark Wood” nomlarini taqdim etdik, ularning har biri kuchli brend va viqor haqidagi fikrlarimizni ifoda etadi.

 

Ranglar yechimi ham bejiz tanlanmadi — biz mahsulotning jiddiyligi va savlatli ekanini saqlab qolishimiz muhim edi, natijada bu maqsad uchun to‘q jigarrang va qora tuslarning kombinatsiyasi biz uchun eng maqbul yechim deb topildi.

 

Lineykadagi barcha mahsulotlar puxta ishlab chiqilgandan so‘ng biz maxsus qadoq — sovg‘a qutisini yaratishga kirishdik. U magnitli va charm elementlarini o‘z ichiga oldi va bu mahsulotni har qanday biznes davralarida mukammal sovg‘a sifatida o‘rin egallashiga xizmat qiladi. Natijada biz hatto xalqaro aeroportlarning “Duty Free” hududlarida ham sotilishga munosib bo‘lgan mahsulot uchun vizual aydentika yaratdik.

on perfume
on perfume
on perfume
on perfume
on perfume
on perfume

Next Project

Back To Top
Theme Mode