Kartoshka chipslari bozorida raqobat katta, shu bois faqatgina ajralib turadigan, o‘zgacha xususiyatlari bor mahsulot bilan bozorga tezroq va osonroq kirib borish mumkin. So‘nggi paytda esa tabiiylik trendda.
Haqiqiy kartoshkadan foydalaniladigan, qovurilmaydigan, GMOsiz ekani chips uchun yaxshi afzallik (УТП). Prima Food kompaniyasi Oppa nomi ostidagi yangi chipslar lineykasida ayni shu afzalliklardan foydalanib, bozorga chiqishini ma’lum qildi.
Biz o‘z navbatida yangi mahsulotga logotip va qadoq dizayni ishlab chiqdik. Shrftli logotipda chipslarning yumaloq ekanini va ko‘proq yosh auditoriyaga mo‘ljallanganini inobatga olib, yumaloq va quvnoq uslubdan foydalandik.
Mahsulot qadoğida nomdan tashqari asosiy o‘rinni ishtahani ochuvchi chipslar egalladi. Undan tashqari, chipslar ta’mi ham alohida ajratib ko‘rsatildi. Qovurilmasligi va GMOsiz ekaniga ikonkalar yordamida urg‘u berildi.
Mahsulot tarkibi, ozuqaviy qiymati, shtrix-kodi va boshqa muhim ma’lumotlarni tegishlicha joylashtirdik. Undan tashqari, qadoqning orqa qismiga mahsulot yakuniy holatga kelishi bosqichlarini vizual jihatdan ko‘rsatib berdik.
To‘g‘ri va puxta ishlangan qadoq dizayni xizmatlari uchun to‘g‘ri Minim agentligiga murojaat qilaverasiz.