Tess

Qadoq redizayni xaridor ongida mahsulot haqidagi tasavvurni o‘zgartiradi, uni qiziqarliroq va talabgirroq qiladi. Oydin Electric kompaniyasidan TESS lampochkalari lineykasi uchun qilingan redizayn mahsulotning vizual holatini yangilash va uni raqobatbardosh qilishga qaratildi.

 

Muammo

Mijozimiz qadoq dizaynini yangilab berish vazifasi bilan murojaat qildi, negaki eski qadoqlar zamon tendensiyalariga javob bermas edi va rastalarda raqobatchilar mahsulotlaridan ajralib turmasdi. Undan tashqari, eski dizayn yagona uslubga asoslanmagandi.

Eski dizaynning kamchiliklaridan biri — «Led» soʻzi juda yirik tasvirlangan edi, shu bois u brend nomidek tuyulardi, brendning haqiqiy nomi esa eʼtibordan chetda qolardi.

Yechim

Biz TESS lampochkalari lineykasi uchun yagona konsepsiya ishlab chiqdik. Chuqur ko‘k rang asosiy rang sifatida tanlandi, bu rang ishonch va mustahkamlik ramzi hisoblanadi. Undan tashqari, lampochkalardagi oq rang bilan yaxshi kontrastga kirishadi. Xaridor mahsulot xususiyatlarini oson bilib olishi uchun qadoq kerakli raqamlar bilan to‘ldirildi. Mahsulot haqidagi ma’lumotlarning tushunilishi oson bo‘lishi uchun va uning asosiy afzalliklarini ifodalovchi ikonka va infografikalar ham qo‘shdik.

Shu bilan birga, Led soʻzi bilan chalkashlik boʻlmasligi va mahsulotni yanada taniqli qilish uchun biz brend nomi Tess’ni birinchi planga chiqardik.

 

Natija

Yangi qadoq yurtimizdagi qurilish do‘konlaridan sekin-asta o‘rin olmoqda va u qisqa vaqt ichida sotuvlar 85% ga oshishiga sabab bo‘ldi. Qadoq redizayni mahsulotning vizual jozibasini oshirdi, xaridorlar esa endilikda assortimentni ko‘rib, osonlik bilan o‘zlariga kerakli mahsulotni topishmoqda. Mijozimiz natijalardan mamnun bo‘ldi va agentligimiz ishni muvaffaqiyatli amalga oshirganini alohida ta’kidladi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode