Tabiat ifloslanishi bilan eng muhim ne’matlar — havo va suvni tozalash filtrlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Ammo raqobat katta bozorda o‘rin egallash uchun mahsulotingiz nomi tushunarli, dizayni esa yoqimli bo‘lishi muhim.
Bu safar granula shaklidagi faollashtirilgan ko‘mir bo‘lakchalari asosida ishlaydigan suv filtri uchun neyming, logotip va qadoq dizayni xizmatlarini taqdim etdik.
Brend uchun nom tanlashda mahsulotning o‘rta segment uchun mo‘ljallanganini inobatga olib, sodda va tushunarli variant taklif etdik — Wateron, ya’ni «suvni yoqish» degan ma’noni anglatadi. Bu nom bilan «suvning tozaligiga ishong hosil qilgan holda xotirjam ishlating» degan pozitsiyani ilgari surdik.
Logotip dizaynida tipografika uslubidan foydalandik, bu yangi brendning tezroq tanilishiga va eslab qolinishiga yordam beradi. Logotip o‘ta sodda bo‘lib qolmasligi uchun quvurlarni eslatib yuboruvchi o‘tmas burchakli shrift tanladik. Undan tashqari, r harfini mohironalik bilan jo‘mrakka qiyoslab, undan suv tomayotganini aks ettirdik.
Yakunda tegishli ranglarda mahsulot qadog‘ini ishlab chiqdik va uni suvga oid fonlar bilan boyitdik.
Siz ham yangi mahsulotni bozorga chiqarmoqchi bo‘lsangiz, albatta to‘liq brending xizmatidan foydalaning. Minim jamoasi sizga yordam berishga tayyor.