Robbit

Loyihamizni e’tiboringizga havola qilamiz.

Yangi loyiha — Najot Ta’lim o‘quv markazlari tarmog‘ining yangi yo‘nalishi uchun neyming. Bu markaz dizayn, dasturlash, marketing kabi zamonaviy kasblarga ixtisoslashgan. Yangi subbrend esa aynan maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan. Unda bolalarga robototexnika, mental arifmetika, dasturlash, mantiq va boshqa sohalar bo‘yicha ta’lim beriladi.

Nom topish jarayonida biz maktab yo‘nalishi, brend falsafasi va bozor tendensiyalarini o‘rgandik. Bir qancha konsepsiyalar ichidan «Robbit» varianti mijozga ma’qul keldi.

«Robbit» nomi inglizcha robot (robot) i rabbit (quyon) so‘zlari qo‘shilmasidan yasalgan. Bu so‘zlar bejiz tanlanmadi: maktab aynan robototexnikaga ixtisoslashgan. Boshqa tarafdan, bolalarga nomni esda qolarli va jozibador qiluvchi maksot — qahramon bo‘lishi muhim edi.

Bunday qahramon bolalarga xos o‘yinqaroqlik va do‘stonalikni ifodalovchi quyon bo‘ldi.

Shuningdek, nomdagi «bit» qismi dasturlash bilan bog‘liqlikni bildirgan holda qo‘shimcha ma’no bag‘ishlaydi.

Shunday qilib, «Robbit» — bu shunchaki nom emas, balki bolalar qiziqarli va esda qolarli qahramon bilan birga o‘qishlari, rivojlanishlari va o‘ynashlari mumkin bo‘lgan maskan.

Ishonamizki, Robbit O‘zbekistondagi barcha bolalar va ota-onalar uchun ma’lum va nufuzli maktabga aylanadi, bu yo‘lda biz taklif etgan nom o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi.

Next Project

Back To Top
Theme Mode