Aktuz — maxsus tuz asosidagi nafas yo‘llarini davolash moslamasi
Bu keysimizda agentlik sifatida keng miqyosli ishlarni bajardik:
• bozor tahlili
• neyming
• qadoq dizayni konsepsiyasi
• mahsulot 3D dizayni
• moslama ishlash mexanizmi (injeneriya)
Mahsulotning qanday auditoriya uchun kerakligi, ularning og‘riq va ehtiyojlarini aniqlash uchun bozor tahlilini amalga oshirdik.
Maxsus tuz zarrachalari nafas olish yo‘llari kasalliklarini davolashda, allergiya profilaktikasida yordam beradi.
Shu asosda sodda, tushunarli va oson esda qoladigan nom taklif etdik — Aktuz.
Bu nom moslamaning tuz asosidagi mahsulot ekaniga ishora qiladi va uning tabiiyligi haqida ma’lumot beradi.
Navbatda qadoq dizayni konsepsiyasi va uning 3D vizualizatsiyasini ishlab chiqishni boshladik. Bunda tashqi ko‘rinish mijoz e’tiborini jalb qilishi va sotuvlarga ijobiy ta’sir qilish kerakligini inobatga oldik.
Yakunda moslama mexanizmini puxta ishlab chiqdik. Bu havoni to‘g‘ri yo‘naltirish va tuz zarrachalari bir maromda tarqalishini ta’minlash uchun muhim edi.
Ishonamizki, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun unikal mahsulot bozorda o‘z o‘rnini egallashida bizning mehnatimiz salmoqli hissa qo‘shadi.