Bugun mineral suvlar uchun ishlab chiqilgan dizayn bo‘yicha muvaffaqiyatli keys haqida gaplashamiz.
Yangi brend nomi «Oqtosh» bo‘lgani bois dizayn konsepsiyasini ayni shu g‘oya asosida qurdik.
Plastik butilkalar dizayni
Avval turli hajmdagi (0,5, 1, 1,5, 3, 5 va 10 litr) qadoqlar dizaynini ishlab chiqdik. Bunda ularning ushlash, ko‘tarish va tashishga qulayligini, tekis yuzada barqaror turishini va suv hajmidan kelib chiqib mustahkamligini inobatga oldik. Har birining 3D modellarini yasab, unikal ko‘rinish hosil qildik.
Gazlangan va gazlanmagan suvlar ajralib turishi uchun plastik butilkalar qopqog‘i uchun qizil va ko‘k ranglarni tanladik.
Etiketka dizayni
Etiketka uchun och ko‘k va oq ranglardan foydalandik. Markaziy element — kristallsimon tog‘lar uzra oq aysbergdan tushayotgan tomchi. Bu oraliqda mahsulotning sofligini ko‘rsatish uchun etiketka shaffof qilib ishlangan.
«Tabiiy va minerallarga boy» degan yozuv bilan mahsulotning afzalligini ko‘rsatib berdik. Undan tashqari, minerallar ro‘yxatini ikonkalar yordamida ham tasvirladik
Natija
Ishlab chiqqan konsepsiyamizni mijoz alohida e’tirof etdi. Yaqin orada ushbu yangi mahsulot sotuvga chiqariladi. Ishonamizki, biz taqdim etgan dizayn tufayli mahsulot bozorda tezda o‘z o‘rnini egallaydi va brend darajasiga chiqadi.